AQSh sudi Maskning siyosiy lotereyasini taqiqlamadi

Jahon 09:23 / 05.11.2024 1895

Pensilvaniya sudi milliarder Ilon Maskka AQSh prezidentlik saylovlari oldidan ikkilanayotgan shtatlardagi saylovchilar orasida 1 million dollarlik lotereya o‘tkazishni taqiqlamadi. 4 noyabr, dushanba kuni umumiy yurisdiksiya sudi sudyasi Anjyelo Foletta Maskning advokatlari pul oluvchilar tasodifiy tanlanmagani va «pullik vakillar» ekanini aytganidan keyin lotereyani taqiqlamaslikka qaror qildi. Sudyaning qarori ramziy ma’noga ega, chunki lotereya prezidentlik saylovi kuni, 5 noyabrda yakunlanadi, deya qayd etadi dpa agentligi.

«1 million dollar oluvchilar tasodifan tanlanmagan. Bugun va ertaga kim e’lon qilinishini aniq bilamiz», — deydi milliarderning advokati Kris Gobert. Lotereyani boshqaradigan Maskning America PAC tashkiloti direktori million dollar oluvchilar «o‘z shaxsiyatini his qilish va ularning qadriyatlari America PAC» bilan mos kelishiga ishonch hosil etish uchun oldindan tekshirilishini ta’kidladi.

Avvalroq Filadelfiya shahri okrug prokurori Larri Krasner Maskning siyosiy lotereyasini «milliy saylovlarga haqiqatda ta’sir ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan» firibgarlik deb atagan va uni to‘xtatishni talab qilgan edi.

Kreml Ilon Mask va Putin o‘rtasidagi muntazam muloqotni rad etdi

Kreml G‘arb OAVning Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik milliarder Ilon Mask bilan muntazam aloqada bo‘lib turishi va hatto undan Tayvan uzra Starlink'ni faollashtirmaslikni so‘ragani haqidagi xabarlarini rad etdi.

«Yo‘q, bularning barchasi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, ya’ni bu The Wall Street Journal'da chop etilgan mutlaqo yolg‘on ma’lumotlar», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 25 oktyabr kuni jurnalistlarga.

Avvalroq The Wall Street Journal (WSJ) AQSh, Yevropa va Rossiyadagi bir qancha amaldagi va sobiq amaldorlarga tayangan holda, milliarder va Donald Trampning tarafdori, amerikalik biznesmen Ilon Mask 2022 yil oxiridan beri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muntazam aloqada ekani aytilgan maqolani chop etgan edi.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, Mask va Putin shaxsiy va biznes mavzularini, shuningdek, geosiyosiy ziddiyatlarni muhokama qilishadi. Gazetaning ta’kidlashicha, Maskning Kreml bilan aloqalari haqidagi ma’lumotlarni, aftidan, hatto AQSh ma’muriyatida hamma ham bilmaydi. WSJ suhbatdoshlaridan biri AQSh rasmiylariga Mask va Putinning aloqalari yoqmasligini aytdi, biroq Oq uy tadbirkorga hech qanday e’tiroz bildirmagan.

Ko‘proq yangiliklar: