Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 yashar hindistonlik FIDE reytingiga kirgan eng yosh shaxmatchi bo‘ldi
2021 yil yanvar oyida Hindistonning Kalkutta shahrida tug‘ilgan shaxmatchi bir necha turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishga erishdi. 2024 yil 1 noyabrda FIDE reytingiga kirish uchun minimal talablarni bajardi.

Foto: chess.com
3 yosh-u 8 oylik Anish Sarkar 1555 ball bilan Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingiga eng yosh shaxmatchi sifatida kirdi va rekord o‘rnatdi. Bu haqda Chess.com xabar berdi.
2021 yil yanvar oyida Hindistonning Kalkutta shahrida tug‘ilgan shaxmatchi bir necha turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishga erishdi. 2024 yil 1 noyabrda FIDE reytingiga kirish uchun minimal talablarni bajardi.
FIDE Anish hozirgacha reytingga ega bo‘lgan eng yosh shaxmatchi ekanligini tasdiqladi, biroq u shaxmat tarixidagi rasmiy reytingning eng yosh egasi ekanligi haligacha noma’lum.
Anishning onasi uning multfilmlardan ko‘ra, shaxmatga qiziqishi ko‘proq ekanini ta’kidladi.
«Biz unga turli YouTube kanallarini ko‘rsatdik, masalan, multfilmlarni, lekin u shaxmat videolarini tanladi», dedi Anish Sarkarning onasi. «Yanvarga kelib uning qiziqishi kuchaydi va u videolarni tinimsiz tomosha qildi. Men doska va donalarni sotib oldim va shaxmat bola uchun xavfsiz o‘yin deb qaror qildim. Chunki men bolamni doimiy ravishda nazorat qilolmasdim».
Bolakay Hindistonning ikkinchi grossmeysteri Dibendu Barua boshchiligidagi maxsus guruhga kiritildi.
Bola kimdan o‘rnak oladi? «U GothamChess kanalini tomosha qilishni yaxshi ko‘radi, lekin uning haqiqiy qahramoni - Magnus Karlsen», dedi onasi.
Yaqinda Anish yashaydigan Kalkutta shaharida grossmeyster turnirlari o‘tkaziladi. Yosh shaxmatchi o‘zining kumiri Karlsen bilan shaxsan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Speedtest internet tezligini tekshirish servisi bloklandi
Jahon | 08:57
-
O‘zbekiston yangi multimodal transport koridorida ishtirok etadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Rossiya rasmiylari SSSRdagi kabi oziq-ovqat narxini qat’iy belgilab qo‘ymoqchi
Jahon | 08:21
-
O‘zbekiston universitetlari saudiyalik yoshlar uchun grantlar ajratishi mumkin
O‘zbekiston | 08:20
Mavzuga oid

16:10 / 31.07.2025
Tramp Rossiyadan qurol va neft xarid qiluvchi Hindistonga «jarima soldi»

23:10 / 25.07.2025
Hindistonda mavjud bo‘lmagan davlatlar elchisi qo‘lga olindi

20:45 / 23.07.2025
Hindiston talabalarga O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikni tavsiya qildi

12:19 / 23.07.2025