«Buyuk Britaniyada to‘rt kunlik ish haftasi bo‘yicha ilk rasmiy eksperiment kampaniyasi doirasida minglab ishchilar maoshi qirqilmagan holda qo‘shimcha dam olish kunlariga ega bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Kampaniyaning maqsadi — yozda leyboristlar hukumatiga eksperiment natijasini taqdim etishdan iborat.
Shu bilan birga ayrim kompaniyalar ishchilar har ikki haftada qo‘shimcha dam olish kuni oladigan ish jadvalini ham tajribadan o‘tkazishga qaror qilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hukmron leyboristlarni to‘rt kunlik ish haftasini joriy etishga ko‘ndirish oson bo‘lmaydi, chunki ular avval boshidan hukumatning rejasiga kirmagan.
Avvalroq Islandiyada to‘rt kunlik ish haftasi joriy etilgandi. Yangi tadqiqotga ko‘ra, Islandiya yalpi ichki mahsuloti 2023 yilda 5 foizga o‘sgan, bu rivojlangan iqtisodiyot uchun juda yuqori. Tahlilchilar mamlakat iqtisodiy muvaffaqiyatini aynan ish haftasining qisqarishi bilan bog‘lamoqda.