Rossiya FVV urush davrida murdalarni tezkor ko‘mishga oid qo‘llanma ishlab chiqdi

Jahon 00:31 / 03.11.2024 10801

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi urush davrida birodarlik qabrlarini kavlash bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqdi. Unda hisob-kitoblar va normalar belgilangan: qancha chuqurlikda kotlovan qazish, murdalarni qanday joylashtirish, tuproqni qanday tortish va boshqa tavsiyalar. 

Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar muammolari bo‘yicha idoraviy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmada yozilishicha, birodarlik qabrlarini jihozlash uchun ishchilar kerak bo‘ladi va mehnat xarajatlari smetasi taqdim etiladi. Ammo bunday dafnlar 100 nafar marhumga mo‘ljallangan. Murdalarni ikki qavat qilib (har biri 50 nafardan) joylashtirish, ularning orasida esa bir metga yaqin tuproq bo‘lishi kerak. Hisob-kitoblarga ko‘ra, asosiy vaqt kotlovan qazishga ketadi — 234 kishi bir soatdan ishlaydi. Buning o‘rniga buldozerdan foydalanish mumkin. Birodarlik qabrining uzunligi 20 metr, kengligi uch metr, balandligi 2,3 metr bo‘ladi.

Qo‘llanmada, shuningdek, murdani qaysi holatda yoqib yuborish, kimyoviy va radioaktiv moddalardan zararlanish xavfini qay yo‘sinda kamaytirish kerakligi haqida ham so‘z boradi. Rossiyada birodarlik qabrlarini qazishga oid GOST birinchi marta 2021 yilda joriy etilgan. Uni yuqoridagi limiy-tadqiqot instituti ishlab chiqqan va «Rosstandart»da tasdiqlatgan. 

Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan 2024 yilning 25 oktyabriga qadar kamida 75,3 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, oktyabr o‘rtalarida RFning urushdagi yo‘qotishlari 115 ming kishini tashkil etgan. Britaniya razvedkasi esa Rossiya har kuni 1,2 ming nafar harbiysidan ayrilayotganini yozgandi. Shunga qaramay mamlakat Mudofaa vazirligi har oy 25-30 ming nafar yangi askarlarni xizmatga jalb qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: