Zelenskiy: Ukraina Kursk AESni egallab olishi mumkin edi

Jahon 10:23 / 02.11.2024 2971

Agar Ukraina xohlaganida, Kursk yaqinidagi atom elektr stansiyasi (AES) egallab olingan bo‘lardi. Bu haqda prezident Volodimir Zelenskiy Shimoliy Yevropa mamlakatlari OAV vakillariga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shu bilan birga, u Ukraina harbiylari Kursk oblastidagi «operatsiya» vaqtida Kursk atom elektr stansiyasini egallab olish niyatida bo‘lmaganini ta’kidladi. «Biz buni qila olardik, lekin xohlamadik, chunki bu biz Rossiya bilan bir xil bo‘lishimizni anglatishini tushunamiz. Biz ularning muhim infratuzilmasini, xuddi Zaporijjya atom elektr stansiyasida bo‘lgani kabi egallab olmaymiz», — dedi Zelenskiy.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Ukraina harbiylari Kursk oblastidagi «hujum» chog‘ida zavodlar yoki energetika tizimi obektlarini egallab olishga «hatto harakat ham qilmagan».

Ukraina yetakchisi ham Kiyevning Tomahawk raketalari bo‘yicha so‘rovini tasdiqladi, biroq bu Ukraina va Oq uy o‘rtasidagi maxfiy ma’lumot ekanini ta’kidladi.

U bu ma’lumotlarning axborot maydoniga «sizib ketganidan» g‘azabini bildirdi. «Bu xabarlarni qanday tushunish mumkin, demak, sheriklar o‘rtasida hech qanday maxfiy narsa yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Ukraina 2024 yilda AQSh Kongressi ovoz bergan yordam paketining atigi 10 foizini oldi, dedi Ukraina rahbari. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlar va’da qilingan havo mudofaa tizimlarini taqdim etmagan. «Bu kulgili emas», deb izoh berdi prezident.

Ko‘proq yangiliklar: