Xitoy O‘zbekistonda "yashil" texnologiyalar tadqiqot markazini barpo etishi mumkin

O‘zbekiston 10:24 / 02.11.2024 832

Suhbat davomida Xitoyning avtomobilsozlik sohasida yaratilayotgan "yashil" texnologiyalardan foydalanish tajribasini O‘zbekistonga tatbiq etish hamda mamlakatlar o‘rtasida ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy Ta’lim vazirligi va Urumchi professional ta’lim universiteti bilan hamkorlikda davlat grant mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston hududida avtomobilsozlik sohasidagi "yashil" texnologiyalarni o‘rganishga ixtisoslashgan o‘quv-ilmiy tadqiqot markazini barpo etish loyihasini amalga oshirish masalasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Kompaniya rahbariyatining joriy yil noyabr oyida O‘zbekistonga safarini uyushtirish va loyihaning iqtisodiy-texnik asoslarini tayyorlash to‘g‘risida kelishildi.

Ko‘proq yangiliklar: