Oltinko‘lda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

O‘zbekiston 10:04 / 02.11.2024 6060

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko‘l tumani “Qoraqalpoq” mahallasida joylashgan 38-umumta’lim maktab direktori maktab o‘quvchilarini kaltaklayotgani aks etgan video lavha tarqaldi. Unda maktab direktori ikki nafar o‘quvchini darsni buzayotganlikda ayblab, bosh qismidan urganligini ko‘rish mumkin.

Holat yuzasidan Andijon viloyat Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, hodisaga aniqlik kiritish maqsadida boshqarma mas’ullari tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. 

“Shu o‘rinda Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi zo‘ravonlikning har qanday turini keskin qoralagan holda, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarida pedagogik etika qoidalariga rioya etish zarur ekanligini ma’lum qiladi”, deyiladi boshqarma munosabatida.

Holatga Bolalar ombudsmani ham munosabat bildirdi. Unda keltirilishicha, maktabning 8-sinf o‘quvchisi Q.M. sinf xonasida pirotexnika vositasidan foydalangan. Bunga javoban maktab direktori go‘yoki tarbiyaviy maqsadda Q.M.ni va sinfdagi boshqa bir nechta bolalarni kaltaklagan. Qo‘shimcha qilinishicha, Oltinko‘l tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘rganish yakunlariga bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.

Oldinroq Asaka tumanidagi 34-ixtisoslashgan maktabda o‘quvchi maktabdoshini kaltaklagani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: