Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar minglab Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining koinotga uchirilishiga qarshi chiqdi
Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldoshlari eng nochor hududlarni ham internet bilan ta’minlay oladi. Biroq ular atmosfera va astronomik kuzatuvlarga ta’sir qilmoqda.

Foto: SpaceX
Yuzdan ortiq koinot tadqiqotchilari AQSh federal hukumatiga murojaat qilib, SpaceX kompaniyasining minglab Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini koinotga uchirishga ruxsat berishdan avval ekologik baholash o‘tkazishni talab qildi. Ilon Mask kompaniyasi allaqachon Federal Aloqa Komissiyasi(FCC)dan 12 mingga yaqin sun’iy yo‘ldosh uchirishga ruxsat olgan — bu hozir Yer orbitasida mavjud boshqa jismlarning umumiy sonidan ikki baravar ko‘p. Endi SpaceX yana 20 ming sun’iy yo‘ldosh uchirishga ariza topshirdi.
Hozirda FCC bunday ommaviy uchirishning ehtimoliy xavf-xatarlarni baholamoqda. Biroq qariyb qirq yil avval ishlab chiqilgan qoidalarga ko‘ra, deyarli barcha telekommunikatsiya, jumladan, sun’iy yo‘ldosh loyihalari ham, majburiy ekologik ekspertizadan ozod etilgan. Olimlar o‘z murojaatida o‘sha davrdan buyon vaziyat sezilarli darajada o‘zgarganini ta’kidladi.
“Ushbu texnologiya yangi va jamiyat uchun foydali bo‘lishi mumkin, lekin uning foydasi va ehtimoliy zararini taroziga solish kerak. Buning yagona yo‘li — ekologik baholash o‘tkazish”, — deya ta’kidladi murojaatni tashkil etgan Public Interest Research Groups (PIRG) tashkilotining Designed to Last kompaniyasi direktori Lukas Gatterman.
FCC’dan javob xati olgan PIRG ushbu xavotirlarni muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazishga umid qilmoqda.
Starlink sun’iy yo‘ldoshlari dunyoning turli qismlarida, ayniqsa, qishloq joylarida va infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarda internet qamrovini ta’minlaydi. Biroq atmosfera va astronomik kuzatuvlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan bir qator muammolar mavjud.
Starlink obektlari orbitada taxminan besh yil faoliyat ko‘rsatadi. Shundan so‘ng SpaceX ularni yangilari bilan almashtirish uchun ishdan chiqarishi va atmosferada yoqib yuborishi mumkin. Biroq olimlar sun’iy yo‘ldoshlarning yonishi oqibatida ajralib chiqadigan metall va kimyoviy birikmalar katta miqdorda atmosferaning yuqori qatlamlaridagi elementlar muvozanatini buzishi mumkinligidan xavotirda.
Bundan tashqari, Starlink sun’iy yo‘ldoshlari astronomlarning ishini qiyinlashtirmoqda. Los Anjyelesdagi Kaliforniya universiteti astronomiya professori Devid Juittning tushuntirishicha, bu “sahifalari marker bilan bo‘yab tashlangan kitobni o‘qishga o‘xshaydi”. Ya’ni ular koinotning tiniq suratlarini olishga xalal beradi. Ularning ta’sirini kamaytirish uchun astronomlar tasvirlarni qayta olishga yoki sun’iy yo‘ldosh izlarini bartaraf etadigan maxsus dasturlar yaratishga majbur bo‘lmoqda.
Sun’iy yo‘ldosh mega-turkumlarining ekologik baholanishi kosmik tadqiqotlar va koinotdan foydalanish siyosatini yanada samarali qilish uchun ilk qadam bo‘ladi. Hozirgi kunda AQShda sun’iy yo‘ldoshlar “umri”ning turli bosqichlari — uchirilishdan to ishdan chiqquniga qadar turli agentliklar tomonidan nazorat qilinadi. Faqatgina kompleks yondashuv ushbu sohadagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yordam berishi mumkin.
Lukas Gattermanning fikricha, aniq xalqaro standartlarni o‘rnatish ham olimlarga, ham kosmik sohaga foyda keltiradi.
2019 yilda SpaceX Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining dastlabki guruhlarini uchirganda jamoatchilik va ilmiy hamjamiyat tomonidan tanqidga uchragandi. Butun dunyo astronomlari sun’iy yo‘ldoshlarning yuqori nur qaytarish xususiyatiga e’tibor qaratgan, shu sababli kompaniya ularning yaltiroqligini kamaytirish uchun maxsus material bilan qoplashni boshladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

23:43 / 03.08.2025
Xitoyda Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ko‘rinmas kemalar yordamida urib tushirish taklif qilinmoqda

07:42 / 01.08.2025
Rossiyada uy internetiga talab keskin o‘sdi

07:41 / 31.07.2025
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida to‘rt kundan beri mobil internet ishlamayapti

13:53 / 30.07.2025