Shuningdek, Bosh vazir yubiley sana munosabati bilan Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga binoan taqdirlangan bir guruh ishlab chiqarish xodimlariga o‘z mukofotlarini topshirdi.
Kombinat murakkab va shonli tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi.1949 yilda “Oltin topgan” kombinati qurilishi boshlangan va 1967 yilda kombinatga hozirgi nom — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati berildi. Istiqlolning ilk yillaridan boshlab yangi loyihalar amalga oshirila boshlandi. 1991 yilda kumush va oltinni affinajlash sexi qurilishi yakunlanib, kombinat o‘zining ilk kumush va oltin quymalarini ishlab chiqardi.
Hozirgi kunga kelib, OKMK O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda mis-molibden va polimetall ma’danlarni qazib olishda yetakchi korxonalardan biridir. Jahon miqyosida esa kombinat katodli mis ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik 30 ta korxona qatoriga kiradi. Kombinat tarkibida 6 ta konchilik korxonasi, 5 ta boyitish fabrikasi, mis eritish va rux zavodlari, markaziy ta’mirlash-mexanika zavodi va boshqa yordamchi sexlar mavjud. Bu yerda 35 mingdan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda.
2030 yilgacha OKMKni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish va 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi amalga oshirilmoqda. Joriy yil 15 oktyabrda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishiga start berildi. Yangi fabrika yuqori texnologik, ekologik xavfsizlikni ta’minlaydigan uskunalar bilan jihozlanadi. Bu xaqda tadbir davomida so‘z bordi.
Shuningdek, konchi metallurglar shahrida 2 noyabr kuni sana munosabati bilan xalq sayli o‘tkazildi.
Kombinat korxonalarining ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ulkan texnika vositalaridlan tortib, har bir korxona o‘zining faoliyatini aks ettiruvchi maketlari va qo‘l mehnati bilan yasalgan turli buyumlarni taqdim etishdi.
“Yoshlar” bog‘ida sportning 8 turi bo‘yicha sport musabaqalari o‘tkazildi. Unda g‘olib jamoa a’zolari kombinatning qimmatbaho sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Yubiley tadbirlari OKMK sport majsuasida gala konsert dasturi bilan davom ettirildi. konsert davomida kombinatning bir guruh ilg‘or ishchi xodimlari “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi
Reklama huquqi asosida