Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp uni Rossiyaning do‘sti deydiganlarni «xasta» deb atadi
Va «Shimoliy oqim - 2» qurilishini aynan o‘zi to‘xtatganini aytgan.

Foto: Getty Images
Respublikachilar partiyasining AQSh prezidentligiga nomzodi Donald Tramp Arizonadagi Glendeyl shahridagi stadionda teleboshlovchi Taker Karlsonga intervyu berdi va uni Rossiyaning do‘sti deydiganlarni «xasta» deb atadi.
«Ular [demokratlar] men Rossiyaning do‘sti bo‘lganim, men Rossiyaga ishlaganim, men Rossiyaga josuslik qilganim haqida gapirishni yoqtirishadi. Bu odamlar xasta», — degan Tramp.
U Rossiyaning eng yirik loyihasi butun Yevropa orqali Germaniyaga o‘tkazilgan «Shimoliy oqim — 2» gaz quvuri bo‘lganini aytadi. «Men uni yakson etdim. Buni hech kim qilmagandi, men esa qildim. men uni to‘xtatdim. <…> Shundan keyin esa men Rossiyaning qo‘g‘irchog‘i bo‘lganim haqidagi ertakni o‘qishda davom etaman», — degan Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uning Rossiya bilan aloqasi haqidagi gapni demokratlar 2016 yilda, u saylovda Hillari Klintonni yengganida o‘ylab topishgan, shundan keyin esa go‘yoki Amerika nashrlari bu ma’lumotni ilib olgan.
Bundan tashqari, respublikachilar nomzodi Xitoy va Rossiyani «ajratish»ni o‘zining vazifasi sifatida keltirgan. «Bayden ularni birlashtirgan. Bu sharmandalik. Men ularni ajratishimga to‘g‘ri keladi. O‘ylaymanki, buni uddalay olaman», — deb hisoblaydi u.
Tramp o‘z prezidentligi davrida bir necha bor Germaniyani «Shimoliy oqim — 2» qurilishi bilan shug‘ullangani uchun tanqid qilgan, shuningdek, Moskva bilan oldingi munosabatlarni tiklashga qarshi chiqqandi. Jumladan, qurilish ishlarida ishtirok etgan nemis kompaniyalariga qarshi sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgandi.
- AQShdagi prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida bir necha bor Rossiya hamda Vladimir Putin bilan munosabatlarini tilga oldi. U Putinga Ukrainaga hujum qiladigan bo‘lsa, Moskva bo‘ylab zarba berish bilan tahdid qilganini eslatgan, shuningdek, ko‘p marta agar prezident u bo‘lganida, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushga yo‘l qo‘ymagan bo‘lishini takrorlagan. Shuningdek, prezidentlikka saylansa, lavozimiga rasman kirishishdan oldinroq Rossiya-Ukraina urushiga barham berishini bildirgan.
- 2022 yil kuzida Boltiq dengizidagi «Shimoliy oqim — 1» va «Shimoliy oqim — 2» gaz quvurlarida portlashlar ro‘y berib, jami to‘rt tarmoqdan uchtasi shikastlangan. Shu tariqa, gaz quvuri amalda butunlay ishdan chiqqan. G‘arb nashrlari tergov ma’lumotlariga tayanib, gaz quvurini portlatish bo‘yicha amaliyot 2022 yil mayida ukrainalik zobitlar guruhi tomonidan o‘ylab topilganini xabar qilgan. Avvaliga rejani shaxsan Volodimir Zelenskiy ma’qullagan, ammo Markaziy razvedka boshqarmasi bundan xabar topib, amaliyotni o‘tkazishni bekor qilishni so‘ragan. Ammo u baribir amalga oshirilgan. Portlashni amalga oshirishda Ukraina fuqarolari gumonlangan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

00:48
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi

20:11 / 27.07.2025
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi

14:00 / 27.07.2025
«Trampning sabri tugamoqda» – Rubio

12:56 / 26.07.2025