Uch hududda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Jamiyat 08:27 / 31.10.2024 1545

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Payariq tumanida fuqarolar S.Sh. (muqaddam sudlangan) va D.E. o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, AQShga ishga yuborishni va’da qilgan. 

Buning uchun 18 ming dollar xarajat qilganini aytib, evaziga X.A.ning Tohirshayx mahallasida joylashgan uy-joyini firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirib olgan.

Shuningdek, G‘allaorol tumanida muqaddam sudlangan M.I. fuqaro O.P.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga 12,6 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Yashnobod tumanida fuqarolar M.O. va D.A. fuqaro T.B.ning ishonchiga kirib, unga Yaponiyaga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytgan. Buning evaziga 2,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: