OpenAI o‘zining ChatGPT Search qidiruv tizimini ishga tushirdi
OpenAI kompaniyasi o‘zining ChatGPT Search nomli qidiruv tizimini ishga tushirganini e’lon qildi.

Foto: OpenAI
Qayd etilishicha, yaqin oylar ichida barcha foydalanuvchilar bosqichma-bosqich ushbu qidiruv tizimidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
ChatGPT Search chatbot sahifasida, matn yoziladigan maydonda paydo bo‘lgan. U foydalanuvchi uchun kerakli ma’lumotni qidiradi va manbaga havola taklif qiladi.
So‘rov bo‘yicha tayyorlangan javob foydalanuvchiga qulaylik tug‘dirish maqsadida tartiblangan holatda taqdim etiladi. Kompaniya qidiruv tizimi uchun faqat ishonchli axborot manbalaridan foydalanishga va’da berdi.
«Endi ChatGPT internetda qidiruvlarni oldingidan ko‘ra sezilarli darajada yaxshiroq amalga oshiradi. Avvallari qidiruv tizimiga murojaat qilingan bo‘lsa, endi siz muhim savollarga kerakli veb-resurslarga havola berilgan holda tezkor javob olishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.
Hozirda qidiruv tizimidan chatgpt.com rasmiy sayti hamda bir nechta mobil ilovalar orqali foydalanish mumkin. ChatGPT Plus hamda Team’ning barcha foydalanuvchilari uni bugunning o‘zida ishlatib ko‘rishlari mumkin. Enterprise va Edu foydalanuvchilariga ega yaqin haftalarda shunday imkoniyat taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

22:57 / 30.06.2025
Britaniyada ChatGPT tufayli endi ish boshlayotgan xodimlarga nisbatan talab tushib ketdi

21:08 / 20.06.2025
ChatGPT yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi mumkin

19:23 / 14.06.2025
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi

18:30 / 15.05.2025