Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada sun’iy intellekt sabab millionlab ish o‘rinlari xavf ostida qolmoqda
Jahon iqtisodiy forumi prognozlarida keltirilishicha, 2030 yilga borib 94 million yevropalik ishchi avtomatlashtirishning rivojlanishi sabab qayta tayyorlovga muhtoj bo‘ladi.

Foto: Getty Images
Jadallik bilan rivojlanib borayotgan sun’iy intellekt tufayli Yevropada 2027 yilga borib 83 millionta ish o‘rni tugatiladi. Bu haqda Jahon iqtisodiy forumi prognozlariga tayanib, Euronews xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2030 yilga borib 94 million yevropalik ishchi avtomatlashtirishning rivojlanishi sabab qayta tayyorlovga muhtoj bo‘ladi. Ishchilariga sun’iy intellekt xavf tug‘dirayotgan sohalar quyidagilar: mehmonxona va umumiy ovqatlanish biznesi (94 foiz), san’at (80 foiz), ulgurji va chakana savdo (68 foiz), qurilish (58 foiz), shuningdek, transport va logistika (50 foiz).
«2030 yilga borib 21 million kishi o‘z sohasini o‘zgartirishga majbur bo‘lishi mumkin. Ushbu insonlarning aksariyat qismi oliy ma’lumotga ega emas», — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Jahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin yillarda boshqa yo‘nalishlarda ish o‘rinlari soni sezilarli darajada oshishi kutilmoqda: 69 millionga yaqin yangi vakansiyalar paydo bo‘ladi. Ammo Yevropada mazkur ish o‘rinlari notekis taqsimlanishi mumkin: yevropaliklarning 40 foizga yaqini mehnat bozori qisqaradigan hududlarda qolib ketadi. Tadqiqotda mazkur mintaqalarga yordam bo‘lishi uchun masofadan turib ishlashni rag‘batlantirish taklif etilmoqda.
«Ayni vaqtda Yevropada mehnat unumdorligi Amsterdam, Kopengagen, London, Madrid, Myunxen va Parij kabi bir nechta mehnat bozorlarida jamlangan», — deya ta’kidlanadi xabarda. Mazkur shaharlarda Yevropa aholisining 20 foizi yashaydi, ammo YaIMning 43 foizi, ish o‘rinlari o‘sishining 35 foizi ular hisobiga to‘g‘ri keladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

11:00 / 07.08.2025
Xorijga viza olish va ishga jo‘natishni va’da qilgan firma odamlarni aldab ketgani aytilmoqda

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

07:35 / 18.07.2025
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi

07:31 / 12.07.2025