Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda Ai-92 va Ai-95 rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, o‘rganishlar davomida bu kabi holat Shayxontohur tumanida joylashgan AYoQShda ham aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.