Microsoft Googleʼni o‘z biznesiga putur yetkazayotgan «yashirin kampaniyalar»da aybladi

Jahon 00:49 / 30.10.2024 2057

Microsoft kompaniyasi Googleʼni o‘zining regulyator va siyosatchilar oldidagi pozitsiyasini buzishga yo‘naltirilgan «yashirin kampaniya» uyushtirganlikda aybladi.

Microsoft bosh yuristkonsulti o‘rinbosari Rima Alaylining ma’lum qilishicha, Google yashirin ravishda «Microsoftʼning antimonopoliya organlari va siyosatchilar oldida qoralashga, shuningdek, jamoatchilikni chalg‘itishga qaratilgan faoliyatni olib boruvchi» guruhni qo‘llab-quvvatlaydi.

«Google ushbu guruhni moliyalashtirish va nazorat qilishdagi ishtirokini yashirish uchun ko‘p harakat qilgan. Guruh ish boshlasa, Google uning yetakchisi emas, balki ikkinchi darajali ishtirokchisi roliga kirishga urinadi», — deydi Alayli.

Microsoft ushbu guruhni astroturfing bo‘yicha guruh deb atadi — yirik korporatsiyalar bunday guruh yoki tashabbuslardagi ishtirokini yashirib, uni jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan harakat sifatida taqdim etadi.

Microsoft hisob-kitoblariga ko‘ra, Googleʼga qarshi kamida 24 ta antimonopoliya tergovi olib borilmoqda. Alaylining fikricha, Googleʼning ikkita asosiy maqsadi bor: Microsoftʼni yomonlash orqali nazorat qiluvchi organlar e’tiborini chalg‘itish, shuningdek, o‘z yutuqlari asosida raqobatga kirishmasdan, tartibga solish landshaftini bulutli servislari foydasiga burib yuborish.

Ko‘proq yangiliklar: