Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Prezident qarori bilan Sherzod Abdurasulovich Karimov maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sherzod Karimov 2006–2012 yillarda xalq ta’limi tizimida, 2012–2018 yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ishlagan.
2018 yilda Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti Uzluksiz ta’lim tizimida islohotlarni muvofiqlashtirish masalalari shu’basining Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlar tizimida islohotlarni muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi etib tayinlangan, 2022 yil martidan Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari – Ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri sifatida ish boshlagan.
U 2024 yil 28 fevraldan bugungacha Vazirlar Mahkamasi «Mahalla yettiligi», yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va ma’naviyat masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.
2020 yil iyulidan Xalq ta’limi vazirligida (2023 yil yanvaridan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi) birinchi o‘rinbosar lavozimida ishlab kelgan Usmon Sharifxo‘jayev 2024 yil 18 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 16:42
-
“Og‘ziga choyshab tiqdim” – Toshkentda 2 yoshli bolani qiynab, o‘limiga sabab bo‘lgan tarbiyachi qamaldi
O‘zbekiston | 16:40
-
Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:38
-
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi
O‘zbekiston | 16:35
Mavzuga oid

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:58 / 02.07.2025
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

14:37 / 17.06.2025