Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Shimoliy Koreya qo‘shinlari urushga qo‘shilsa, Ukraina uchun qurol cheklovini olib tashlash bilan tahdid qildi
Pentagon rasmiy vakili Sabrina Singxning so‘zlariga ko‘ra, KXDR askarlari jang maydonida ko‘rinish bersa, «bu vaziyatning yanada kuchayishini va prezident Vladimir Putinning umidsizligi ortib borayotganini anglatadi».

Foto: AP
Shimoliy Koreya askarlari Rossiya tomonida turib jangga kirishsa, Ukraina Qurolli kuchlarida (UQK) ularga qarshi Amerika qurollarini qo‘llash bo‘yicha hech qanaqa cheklov bo‘lmaydi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Sabrina Singx ma’lum qildi.
Pentagon hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreya o‘zining 10 ming askarini Rossiyaga yuborgan. «Ularning bir qismi allaqachon Ukraina yaqiniga joylashib bo‘lgan va biz Rossiya ulardan jangovar harakatlar yoki Kursk oblastida UKQga qarshi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashda foydalanishidan xavotirdamiz», — deydi Singx.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya askarlari jang maydonida ko‘rinish bersa «bu vaziyatning yanada kuchayishini va prezident Vladimir Putinning umidsizligi ortib borayotganini anglatadi», shuningdek, Rossiya armiyasining «muammolari kutilganidan ham kattaroq ekanini» bildiradi. Singx ukrainlar o‘zlarining suveren hududi uchun kurashayotganini, AQSh esa nima bo‘lgan taqdirda ham ularni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish majburiyatini zimmasiga olganini eslatib o‘tdi. «Bu ayni vaqtda ruslarning yo‘qotishi 500 ming kishini tashkil etayotgan urushga o‘z askarlarini yuborayotgan Shimoliy Koreya inobatga olishi kerak bo‘lgan jihat», — deya ta’kidlaydi Singx.
Shu bilan birga, u KXDR qo‘shinlari Kurskka yetib borganini tasdiqlashdan bosh tortgan. «Aftidan, ular shu yo‘nalish bo‘yicha harakatlanmoqda… Ammo hozircha menda bu borada batafsil ma’lumotlar yo‘q», — deydi Pentagon vakili. 28 oktyabr kuni NATO bosh kotibi Mark Ryutte Shimoliy Koreya harbiylari Kursk oblastiga yetib kelganini ma’lum qilgandi.
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDRning 1,5 ming nafar elita maxsus kuchlari 8-13 oktyabr kunlari Vladivostok portiga yetib kelgan va hozirda mahalliy poligonlarda tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Bo‘linmalar tarkibida askarlardan tashqari bir nechta yuqori martabali ofitserlar, jumladan, maxsus operatsiyalar bo‘yicha qo‘mondonlik qiluvchi general ham bor.
O‘z navbatida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Seul Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga yuborilishi va ulardan Ukraina urushida foydalanilishi «nafaqat Koreya yarimorolidagi, balki Yevropadagi global xavfsizlikka ham tahdid tug‘diruvchi provokatsiya» deya hisoblashini aytib, UQKga qurol yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida ogohlantirdi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

20:48 / 13.07.2025
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi

18:58 / 13.07.2025
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025