Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple M4 chipli yangi iMac kompyuterini taqdim qildi
Asosiy yangiliklar - kuchliroq chip, nano-teksturali displey, 12 megapikselli Center Stage kamerasi va Thunderbolt 4 portlari.

Foto: Apple
Apple M4 chipiga ega yangi iMac kompyuterini taqdim qildi. Asosiy yangiliklar - nano-teksturali displey, 12 megapikselli Center Stage kamerasi va Thunderbolt 4 portlari.
M4 chipi tufayli iMac ilovalarni ochish va Safari bilan ishlash kabi kundalik vazifalarni bajarishda 1,7 barobar tezroq ekani ta’kidlanmoqda. Yanada og‘irroq yuklamalarda, jumladan, fotosuratlarni qayta ishlashda tezlik 2,1 baravar oshgan. Video o‘yinlar yangi grafik protsessor tufayli sezilarli darajada silliq ishlaydi va M4 chipidagi Neural Engine endi uch baravar tezroq bo‘lib, sun’iy intellekt ilovalari unumdorligini sezilarli darajada oshiradi. Qurilma 16 Gb tezkor xotira bilan ta’minlanadi, uni 32 Gb gacha kengaytirish mumkin.
Yangilangan 12 megapikselli Desk View funksiyasiga ega Center Stage kamerasi videoqo‘ng‘iroqlar uchun optimallashtirilgan: u foydalanuvchini ekranning markazida ushlab turgan holda ramkani avtomatik ravishda tekislaydi va bir vaqtning o‘zida stolda nima borligini ko‘rsatish imkonini beradi. Ovoz tizimi uchta mikrofon va hajmli ovozni yaratadigan oltita dinamikdan iborat.
Barcha iMac kompyuterlari rangiga mos aksessuarlar – Magic Keyboard klaviaturasi va Magic Mouse sichqonchasi bilan ta’minlangan. Ba’zi opsiyalarda Magic Trackpad ham bor. Ularning har biri USB-C ulagichiga ega.
Yangi mahsulotning barcha to‘rtta USB-C porti Thunderbolt 4 ni qo‘llab-quvvatlaydi, bu bir vaqtning o‘zida yuqori tezlikdagi drayverlarni va ikkita 6K monitorni ulash imkonini beradi. iMac shuningdek, Wi-Fi 6E va Bluetooth 5.3 modullari bilan jihozlangan va Touch ID ga ega.
Qurilma yettita rangda mavjud - yashil, sariq, to‘q sariq, pushti, binafsha, ko‘k va kumush.
Asosiy model narxi 1299 dollardan boshlanadi, 10 yadroli protsessorga ega yangilangan versiya esa 1499 dollar turadi. Kompyuterlarga 28 oktyabrdan boshlab oldindan buyurtma berish mumkin, sotuvlar 8 noyabrdan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters
Jahon | 05:05
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
Mavzuga oid

21:12 / 02.07.2025
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirishda kutilmagan muammoga duch keldi

15:06 / 30.06.2025
Apple boshga taqiladigan yettita qurilmani tayyorlamoqda

18:42 / 28.06.2025
Apple olti yil ichida ilk marta asosiy iPhone displeyini kengaytiradi

16:50 / 26.06.2025