1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

Jamiyat 10:32 / 29.10.2024 2474

Holat “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida ma’lum bo‘lgan.

A.C.I. MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 111 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Ko‘proq yangiliklar: