Jollibekov Vladimir Baxtiyarovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Birlashgan Arab Amirliklaridagi O‘zbekiston elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi kabi mas’uliyatli lavozimlarni bajargan.