Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi tayinlandi
Oybek Usmonov O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi etib tayinlandi.

Foto: "Dunyo" AA
Diplomat 62 yoshda. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020—2024 yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.
Oybek Usmonov 1998 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.
Kobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011—2012 yillarda esa O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Mavzuga oid

07:56 / 09.07.2025
Bloomberg: Zelenskiy Tramp bilan AQShdagi elchini almashtirishni muhokama qildi

20:36 / 08.07.2025
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

22:49 / 07.07.2025