Andijon viloyatida yashovchi 100 yoshli onaxon saylov uchastkasiga kelib ovoz berdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 100 yoshli Chinnixon Ashurova Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiladi.
Bugungi saylovlarda faol ishtirok etishni istagan onaxon 27 kishilik oilasi bilan birga 863-saylov uchastkasiga kelgan va ovoz bergan.
“Bu hali hammasi emas, men keyingi saylovlarda ham qatnashaman deb niyat qilaman”, deydi onaxon.