Rossiyada koloniyadan qochganlarning to‘rt nafari qo‘lga olindi

Jahon 18:32 / 26.10.2024 22304

Rossiyada olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari va «Perexvat» operatsiyasi natijasida Lipetskdagi 2-koloniyadan qochgan olti nafar mahbusdan to‘rt nafari qo‘lga olindi. Bu haqda kuchishlatar tizimlarga yaqin Baza telegram-kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, dastlab mahbuslardan Baxtiyor Jumayev va Xurshidbek G‘aniyev Tambov oblastida kun davomida qo‘lga olingan. Ular qarshilik ko‘rsatgan. Koloniyadan uncha uzoq bo‘lmagan joyda yana ikki qochoq ushlangan. Ular oblastni tark etishga ulgurmagan. Hozir ikki nafar mahbus ozodlikda qolmoqda - ular qidirilmoqda.

O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ekani aytilayotgan mahbuslar qochishni olti oydan ko‘proq vaqt davomida rejalashtirgan va umumiy uzunligi 65 metr bo‘lgan ikkita tunnel qazgan. Ular ustaxonadan qazish asboblarini o‘g‘irlab ketishgan.

Qochish tunda amalga oshirilgan. Koloniya xodimlari faqat ertalab tunnelni payqab qolishgan. So‘ngra, mahbuslar sanab chiqilgan va ulardan 6 nafari yo‘qligi aniqlangan.

Lipetsk oblasti rahbari Igor Artamonovning aytishicha, maxsus xizmatlar qochoqlarni qidirish va hibsga olish ishlarini davom ettirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: