Rossiyada koloniyadan 6 nafar mahbus qochib ketdi

Jahon 15:30 / 26.10.2024 19429

Bu haqda oblast rahbari Igor Artamonov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Olti mahbus 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan qochib ketdi. Hozirgi paytda barcha tezkor xizmatlar ularni qidirishga safarbar qilingan, idoralararo guruh faoliyat yuritmoqda. Lipetsk oblasti bo‘yicha Jazoni ijro etish federal xizmati boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi, Rosgvardiya va Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda jinoyatchilarni qidirib topish va ushlash uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda”, — deb yozgan u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oblast Jazoni ijro etish federal xizmati boshqarmasi koloniya hududini ko‘zdan kechirish vaqtida yerosti yo‘lini topgan, shundan so‘ng mahkumlar soni tekshirilganda, olti kishi kamligi aniqlangan.

“112” va Mash Telegram kanallari qochoq mahbuslar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi:

  • Davron Jabborov —1997 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi. Nomusga tegishda ayblanib, sudlangan;
  • Dilshol Arslonov — 1996 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi. 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilgani uchun sudlangan;
  • Turg‘un Abdullayev — 1997 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi. Nomusga tegishda ayblanib, sudlangan;
  • Xurshidbek Daniyev — 2005 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi. Giyohvand moddalarni tarqatish moddasi bo‘yicha sudlangan;
  • Parvozbek Turabayev — 2005 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi. Giyohvand moddalarni tarqatish moddasi bilan sudlangan.
  • Baxtiyor Jumayev — 1996 yilda tug‘ilgan, fuqaroligi keltirilmagan. Nomusga tegishda ayblanib, sudlangan.

Jazoni ijro etish federal xizmati saytida mahbuslarning nomlari ko‘rsatilmagan, biroq boshqarma ularning barchasi O‘rta Osiyodan kelganini ma’lum qildi.

Keyinroq Lipetsk gubernatori qochoqlarning ikki nafari Tambov oblastida qo‘lga olinganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yana to‘rt nafar mahkumni qidirish davom etmoqda.

Holat yuzasidan koloniya xodimlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Qamoqxona mansabdorlari e’tiborsizlik tufayli mahbuslarning qochib ketishiga yo‘l qo‘yganlikda ayblanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: