Rossiyada chet elliklar bilan soxta nikoh qurishga qarshi qonun qabul qilindi

Jahon 21:34 / 26.10.2024 2540

Rossiyada xorijliklar bilan soxta nikohlarni qonuniylashtirishga qarshi qonun prezident Vladimir Putin tomonidan imzolandi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlarni nashr etish portalida joylashtirilgan.

Yangiliklar orasida, xususan, soddalashtirilgan tartibda vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini (VYaR) olish uchun Rossiya fuqarosi bilan kamida uch yil nikohda bo‘lish talabi bor. Bundan tashqari, VYaR berilgan shaxsning nikohi bekor qilingan yoki sudda haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, VYaR bekor qilinadi.

Agar Rossiyada doimiy yashovchi chet ellikning Rossiya fuqaroligiga ega farzandi bo‘lsa, uning ota-onasidan biri Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lsa, u holda ota-onasining kamida 3 yil birga yashagani sudda tasdiqlansagina VYaR beriladi. Agar chet el fuqarosi ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lsa yoki otalikni aniqlash to‘g‘risidagi yozuv bekor qilinsa, VYaR bekor qilinishi mumkin.

Qonun e’lon qilingan kundan boshlab 90 kun o‘tgach kuchga kiradi.

Shu yil sentabr oyida Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk chet elliklar migratsiya maqomi va fuqarolikni olish uchun rossiyaliklar bilan soxta nikoh qurayotgani haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil yanvaridan sentabriga qadar sudning nikohni haqiqiy emas deb topishi asosida vaqtinchalik propiskani bekor qilish to‘g‘risida 107 ta, propiskani bekor qilish to‘g‘risida 75 ta qaror qabul qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: