Guterrish Putin bilan uchrashuvda Qora dengizda kemalar harakati muhimligini qayd etdi

Jahon 12:08 / 26.10.2024 1948

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi BRIKS sammiti doirasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Jahon tashkiloti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Guterrish Ukraina masalasi bo‘yicha yana bir bor o‘z pozitsiyasini bildirib, Ukrainaning bosib olinishi BMT Nizomi va xalqaro huquq normalarini buzayotganini ta’kidlagan.

Hisobotda aytilishicha, Guterrish Qora dengizda kemalar harakati erkinligi muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etgan.

«Bosh kotib ushbu masala bo‘yicha muzokaralar davom etishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va Turkiyaga chuqur minnatdorchilik bildiradi», — deyiladi bayonotda.

Tomonlar, shuningdek, Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilib, G‘azo va Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va mintaqada keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligiga e’tibor qaratdilar.

Ko‘proq yangiliklar: