BMT: urush G‘azoning rivojlanishini 70 yil orqaga surdi

Jahon 12:14 / 26.10.2024 1587

Isroilning tajovuzkorligi G‘azo sektorining rivojlanishi deyarli 70 yil orqaga surilishiga olib keldi.

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining «G‘azo urushi: Falastin davlati uchun kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar» nomli hisobotida aytiladi.

«G‘azo 70 yil oldingi, 1955 yildagi rivojlanish darajasiga qaytdi», dedi BMT Taraqqiyot dasturining Falastin aholisiga yordam ko‘rsatish dasturi maxsus vakili o‘rinbosari Titose Noguchi Jyenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yil davomida eksklavda qashshoqlik darajasi keskin oshgan. G‘azodagi har to‘rt kishidan uch nafari qashshoqlikda yashaydi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 7 oktyabrdan boshlab G‘azoda yaqin tarixdagi eng yirik gumanitar ofatlardan biri ro‘y bermoqda. Mavjud vaziyat misli ko‘rilmagan ko‘p qurbonlar, vayronagarchiliklar, oziq-ovqat xavfsizligi yo‘qligi va ommaviy ko‘chishlarga olib keldi.

Isroilning G‘azo sektoriga yordam tarqatish bo‘yicha qat’iy cheklovlari inqirozni yanada kuchaytirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti sodir bo‘layotgan voqealar barcha falastinliklarning kelajagi uchun xavf tug‘dirishidan ogohlantirdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: