Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan qo‘shimcha yer ajratildi

O‘zbekiston 18:13 / 25.10.2024 4424

Yangi Toshkent shahri qurilishi uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidan qo‘shimcha yer maydoni ajratildi. Bu haqda viloyat hokimining qarori chiqdi.

Qayd qilinishicha, Yuqori Chirchiq tumanidan davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda toifasi o‘zgartirilgan 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan «Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi»ga ajratib berildi.

Tumanning O‘zbekiston, Guliston, Istiqlol mahallalaridagi hududlar Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi.

Ta’kidlanishicha, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur yer maydonlarini belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Avvalroq, Respublika darajasidagi ijro organlari idoralari (vazirliklar) Yangi Toshkent shahriga ko‘chirilib, ularning hozirgi binolari sotilishi haqida xabar berilgan edi.

Keyinroq, Toshkent viloyati Kadastr boshqarmasi Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar haqida ma’lumot berdi.

Ko‘proq yangiliklar: