Ushbu tadbir o‘zbek tilini va madaniyatini xorijda ommalashtirish, shuningdek, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Unda Vengriya ilmiy va akademik doiralari vakillari, professorlar, talabalar hamda faol vatandoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda o‘zbek tilini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida elchixona huzurida "O‘zbek tili do‘stlari klubi"ni tashkil etishga kelishildi. Ushbu klub o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqqan barcha uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Klub doirasida turli tadbirlar, darslar va madaniy almashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.