Turkiyada "O‘zbek tili tadqiqotlari markazi" ochiladi

O‘zbekiston 09:09 / 24.10.2024 1009

Tashrif davomida universitet prorektori, professor Imoil Karash bilan muzokara o‘tkazildi. Unda Karabyuk universiteti  huzurida "O‘zbek tili tadqiqotlari markazi"ni ochish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. 

Prorektor Imoil Karash bugungi kunda mazkur oliy ta’lim muassasasida 10 mingdan ziyod xorijiy talaba tahsil olayotganini ma’lum qildi va o‘zbekistonlik talabalarning o‘rni muhim ekanligini bildirdi. Mamlakat talabalari o‘qish jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, universitet ijtimoiy hayotida ham faol ekanligi mamnuniyat bilan qayd etildi.

"O‘zbekiston rahbariyatining xorijiy mamlakatlarda o‘zbek tili markazlarini ochish bo‘yicha sa’y-harakatlari qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan yuqori qiziqishni inobatga olib, universitetimiz huzurida "O‘zbek tili tadqiqotlari markazi"ni ochishga qaror qildik. Yaqin kelajakda markazning tantanali ochilish marosimini o‘tkazamiz", - dedi Imoil Karash.

Ko‘proq yangiliklar: