Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Teraktdan so‘ng Turkiyadagi o‘zbekistonliklar hushyorlikka chaqirildi
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona vatandoshlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga, ayniqsa aeroport, temiryo‘l vokzali, avtoshohbekat, kema stansiyalari, metro va boshqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilishga chaqirdi.

Foto: AFP
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi vatandoshlarni jamoat joylarida hushyor bo‘lishga chaqirdi.
Qayd qilinishicha, Bosh konsulxona xodimlari va Turkiya IIV Politsiya tashkiloti vakillari o‘rtasida maslahatlashuv o‘tkazilgan. Unda 23 oktyabr kuni Anqara shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi oqibatlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilingan.
Bosh konsulxona vatandoshlarni jamoat joylarida hushyor bo‘lishga, ehtiyot choralarini ko‘rishga, ayniqsa aeroport, temiryo‘l vokzali, avtoshohbekat, kema stansiyalari, metro va boshqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilishga chaqirdi.
Shuningdek, Turkiyadan chiqib ketish arafasida bo‘lgan fuqarolarga aeroportlarga qayddan o‘tish (registratsiya) vaqtidan kamida 1 soat oldin yetib borish, shubhali buyumlar va shaxslar to‘g‘risida yaqin oradagi politsiya yoki xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalariga xabar berish tavsiya etildi.
Turkiyada terakt 23 oktyabr kuni sodir etildi. Qurollangan shaxslar Anqara yaqinidagi Turkish Aerospace (TUSAŞ) kompaniyasi shtab-kvartirasiga hujum qildi, oqibatda 5 kishi halok bo‘lib, 10 nafardan ortig‘i yaralangan edi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
-
Isroilning G‘azoga zarbasi oqibatida suv uchun navbatda turgan bolalar halok bo‘ldi
Jahon | 18:31
Mavzuga oid

17:26 / 12.07.2025
Kurdiston ishchilar partiyasi qurollarini topshirmoqda. Bu Turkiya bilan 40 yillik mojaroga nuqta qo‘yadimi?

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

19:21 / 09.07.2025
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

18:55 / 09.07.2025