Qozog‘istonda Turkiyaning Bayraktar droni ishlab chiqarilishi mumkin

Jahon 19:08 / 24.10.2024 2329

Qozog‘iston mudofaa vaziri, general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov Turkiyaning Baykar Defence kompaniyasi bosh direktori Holuq Bayraqtar bilan respublikada taktik dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi. Bu haqda 24 oktyabr kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Muzokaralar Istanbuldagi SAHA EXPO-2024 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazildi va «samarali» deb ataldi.

«Tomonlar Qozog‘istonda dronlar, uchuvchi-taktik havo kemalari tizimlari va boshqa qurollarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi bo‘yicha yo‘l xaritasini tuzishga kelishib oldilar», deyiladi xabarda.

Qozog‘iston so‘nggi bir necha yil ichida Turkiyaning Anka dronini o‘z hududida ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Ishlab chiqarish 2024 yilda boshlanishi mumkinligi xabar qilingandi, biroq bu hali sodir bo‘lgani yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: