O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Isroil elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlarining holati va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Gideon Lustig 20 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi.