Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi
Raqamli texnologiyalar vaziri O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi qachon ochilishi haqidagi savolga ko‘proq inglizcha kontent tayyorlash kerakligini aytib javob berdi. Shermatov bu tilda auditoriyaning ko‘pligi hisobiga monetizatsiya ham juda katta ekanini aytgan. “Siz o‘zbekcha kontent qilib qancha daromad topa olasiz-u, inglizcha kontent tayyorlab qancha daromad topasiz? Shuning uchun tayyor ishlab turgan monetizatsiya mexanizmidan ko‘proq foydalanish kerak”, – deydi vazir.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi
Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi» doirasida raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov jurnalistlarning O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasiga qo‘yilgan cheklov qachon olib tashlanishiga oid savoliga javob berdi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.
Qayd etilishicha, Shermatov o‘zbek yutuberlariga ingliz tilida kontent qilishni tavsiya etgan.
“Mening tavsiyam — YouTube’da ko‘proq chetga ishlashga harakat qilish kerak. Chunki monetizatsiyaning ingliz tilidagi kontenti juda katta. Masalan, Marg‘ilonga borganimda Inha universitetini bitirgan talabamizni ko‘rib qolgandim. U o‘zining YouTube kanalida 3D printerlar renderini «obzor» qilib beradi. Bir kanaliga kirib ko‘ring, «rils»lari 30 million martalab ko‘rilgan. Chunki ingliz tilidagi auditoriya juda katta. Shuning orqasidan oyiga o‘rtacha 5 ming dollar daromad topyapti. Siz o‘zbekcha kontent qilib qancha daromad topa olasiz-u, inglizcha kontent tayyorlab qancha daromad topasiz? Shuning uchun tayyor ishlab turgan monetizatsiya mexanizmidan ko‘proq foydalanish kerak”, — degan u.
Vazir O‘zbekistonda monetizatsiyadagi cheklov qachon olib tashlanishi YouTube kompaniyasi bilan bog‘liqligini, kompaniya o‘z rejasiga ko‘ra harakat qilishini bildirgan.
2023 yil martida Komil Allamjonov AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuvda mamlakatda YouTube monetizatsiyasini tiklash borasida fikr almashganini qayd etgandi. «Ko‘plab blogerlarimizdan YouTube monetizatsiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi. Shu bois uchrashuvda elchi janoblari bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni o‘rganish bo‘yicha kelishib oldik», — degandi Allamjonov.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

19:12 / 15.07.2025
O‘zbekistonga yangi superkompyuter olib kelinadi

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

07:28 / 05.07.2025
Shanhayda O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazi ochildi

20:18 / 01.07.2025