O‘zbekiston va O‘mon qo‘shma savdo obektlarini yaratish imkoniyatini o‘rganmoqda

O‘zbekiston 08:45 / 23.10.2024 864

Jumladan, Toshkentdagi Xalqaro Nordik universiteti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiyasi instituti va Maskat universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumlari imzolandi

Ikki davlat oliy ta’lim muassasalari  rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar davomida biznes va menejment, muhandislik, ishlab chiqarish, sanoat korxonalari, geologiya, konchilik, neft-gaz, elektr-mexanikasi va elektr-texnologiyalari, yashil energetika, arxitektura, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiya sohalari bo‘yicha mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashning holati tahlil qilindi.  

Hamkorlikda xorijiy tajribalar va texnologiyalarga asoslangan qo‘shma savdo obektlarini yaratish, biznes sohasida yuqori malakali kadrlar almashish kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari xususida fikr almashildi.

Ko‘proq yangiliklar: