Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Afg‘oniston Shaharsozlik vazirligi mutasaddilari o‘rtasida videokonferensaloqa formatida muzokaralar tashkil etildi.
Uchrashuvda Afg‘oniston tomonidan, shuningdek, Balx viloyati ma’muriyati, Tashqi ishlar vazirligi bo‘limi, viloyat hududiy shaharsozlik boshqarmasi rahbariyati va vakillari qatnashdi.
Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy fikr almashdilar. Mozori Sharif shahrida Imom al-Buxoriy nomidagi madrasani qurish ishlariga e’tibor qaratdi
Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston rahbariyatiga Afg‘onistonga ko‘rsatilayotgan doimiy yordam va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi.
Mazkur madrasaning O‘zbekiston tomonidan bunyod etilishi tili va an’analari, ma’naviy qadriyatlari va madaniyatlari o‘xshash bo‘lgan xalqlarni yanada yaqinlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.