Prezident qaroriga muvofiq, Abdullayev Olimjon Suyunovich O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qayd qilinishicha, u ko‘p yillar davomida Tashqi ishlar vazirligi tizimida mehnat qilgan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2021-2024 yillarda O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn (Germaniya) shahridagi bosh konsuli lavozimida ishlagan.