Toshkentdagi bir nechta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 19:17 / 20.10.2024 4451

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida bir nechta xonadonda yong‘ir sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 2024 yil 20 oktyabr kuni soat 16:54 da FVBga Toshkent Shayxontohur tumani “Gulbozor” MFY Bildirish tor ko‘chasidagi xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 17:03 da voqea joyiga yetib borib, soat 17:33 da yong‘in qurshab olingan va soat 17:40 da o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: