Qashqadaryodagi YTHda Nexia ikkiga bo‘linib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

Jamiyat 13:18 / 20.10.2024 15014

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida Nexia mashinasi Gentra bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 14 oktyabr kuni soat 18:20 larda sodir bo‘lgan.

4R-89 «Qarshi-Nishon-Tallimarjon-GRES» avtomobil yo‘lining Nishon tumanidan o‘tuvchi qismida harakatlanayotgan Nexia mashinasi haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Gentra’ning yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Nexia mashinasi ikkiga bo‘linib ketgani va uning orqa qismi butunlay parchalanib ketganini ko‘rish mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: