O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida amalga oshirilgan tashrif davomida Koreya ta’limni rivojlantirish instituti (KEDI), Koreya o‘quv dasturlari va baholash instituti (KICE), Uzoq sharq universiteti va Koreya milliy transport universiteti rahbariyati bilan qator yo‘nalishlarda muzokaralar o‘tkazildi va memorandumlar imzolandi.
Uchrashuvlarda ta’limning dolzarb masalalari bo‘yicha hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, ta’lim sifatini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimlarini tatbiq etishda tajriba almashish va o‘quv dasturlari samaradorligini hamda xalqaro tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish, grant loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Janubiy Koreya OTM rahbarlari bilan uchrashuvlar davomida ta’lim statistikasi bo‘yicha soha mutaxassislarining malakasini oshirishga doir hamkorlik imkoniyatlari, O‘zbekistonda sun’iy intellekt va robototexnikaga qiziquvchi o‘quvchilarni o‘qitishga doir loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik imkoniyatlariga qaratildi.