YeIning uch davlati Gurjistonda adolatli saylovlar o‘tkazishga chaqirdi

Jahon 10:28 / 17.10.2024 1111

Germaniya, Fransiya va Polshaning Yevropa ishlari bo‘yicha vazirlari qo‘shma maktubda Gurjistonda «erkin va adolatli saylovlar» o‘tkazilishiga chaqirdi. Bu haqda 15 oktyabr, seshanba kuni hujjat matnini qo‘lga kiritgan AFP agentligi xabar berdi.

AFP agentligining yozishicha, uch davlat vakillari Gurjiston rasmiylariga murojaat qilgan. Ularning fikricha, gurji xalqining o‘z mamlakatini Yevropa Ittifoqiga yaqinlashtirish istagini hurmat qilish kerak. Shu bilan birga, Yevropa ishlari bo‘yicha vazirlar Tbilisining Yevropa kelajagi haqida qayg‘urishini bildirib, Gurjiston aholisini parlament saylovlarida ovoz berishda ishtirok etishga chaqirishdi.

2023 yil dekabridan Gurjiston Yevropa Ittifoqiga rasmiy nomzod maqomiga ega. Biroq, mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan keyin uni blokka qabul qilish jarayoni to‘xtatildi. Germaniya, Fransiya va Polsha vazirlari o‘z maktubida mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi faqat joriy ichki siyosiy qarorlar tufayli to‘xtatilganini va buning uchun eshiklar «ochiq bo‘lib qolishi»ni ta’kidlagan.

London Gurjiston bilan mudofaa sohasidagi muzokaralarni bekor qildi

Buyuk Britaniya so‘nggi 10 yil ichida birinchi marta har yili qirollik tomonidan Gurjiston bilan vazirlar darajasida o‘tkaziladigan strategik Uordrop dialogini muzlatishga qaror qildi. Bundan tashqari, Britaniya tomoni yuqori darajadagi mudofaa bo‘yicha bo‘lajak muzokaralarni bekor qildi va kiberxavfsizlik dasturini to‘xtatdi. Buyuk Britaniyaning Gurjistondagi elchisi Garret Uord 15 oktyabr kuni InterpressNews internet nashriga bergan intervyusida shu haqda gapirdi.

Shu bilan birga, elchi 26 oktyabr kuni Gurjistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlaridan so‘ng mamlakat hukumati g‘arbparast yo‘nalishga qaytishiga, London va Tbilisi o‘rtasidagi ishonch qayta tiklanishiga umid bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: