YeI: Rossiyada ukrainalik harbiy asirlarni qatl etish holatlari ko‘paydi

Jahon 09:06 / 17.10.2024 2175

Rossiyada ukrainalik harbiy asirlarni qatl qilish holatlari ko‘paydi: urush boshlanganidan beri kamida 177 kishi Rossiya asirligida halok bo‘lgan. Bu haqda 16 oktyabr, chorshanba kuni Yevropa tashqi aloqalar xizmati (EEAS) ma’lum qildi.

Uning manbalariga ko‘ra, 10 oktyabr kuni Kursk oblastida to‘qqiz nafar ukrainalik harbiy asir rus qo‘shinlari tomonidan otib o‘ldirilgan.

Bungacha, 1 oktyabr kuni Ukrainaning Rossiya nazoratidagi Donetsk oblastida 16 nafar harbiy asir taslim bo‘lganidan keyin rus qo‘shinlari tomonidan qatl etilgan edi, deya qo‘shimcha qildi EEAS.

Kiyev: RF harbiylari kamida 93 ukrainalik asirni qatl etdi

Ukraina huquq-tartibot idoralari Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri ruslar tomonidan asirga olingan kamida 93 nafar vatandoshning jang maydonida qatl etilgani haqida ma’lumotga ega. Bu haqda 4 oktyabr kuni Ukraina Bosh prokuraturasi vakili Yuriy Belousov telemarafon chog‘ida ma’lum qildi.

«Hozir bizda jang maydonida qatl etilgan 93 nafar askarimiz halok bo‘lgani haqida ma’lumot bor», — deya Belousov so‘zlaridan iqtibos keltirgan «Ukrinform».

Ukraina Bosh prokuraturasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga ma’lum bo‘lgan qatllarning 80 foizi 2024 yilda qayd etilgan. Rossiya kuchlari tomonidan ukrainalik asirlarga nisbatan yomon munosabat 2023 yil noyabridan beri kuzatilmoqda, dedi Belousov.

Ukraina Bosh prokuraturasi Ukraina Qurolli kuchlarining asirga olingan askarlarining qatl etilgani haqida ma’lumot olishda davom etmoqda, dedi Belousov. Kiyevga so‘nggi bunday holat 3 oktyabr kuni ma’lum bo‘ldi.

«Telegram-kanallarda boshqa bir harbiy xizmatchining shafqatsiz qatl etilgani aks etgan video tarqaldi, biz zudlik bilan «SBU»Bosh tergov boshqarmasida yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atilganini qayd etdik», — dedi Belousov.

Ko‘proq yangiliklar: