Toshkentda 3 ming dollar evaziga bankdan 100 ming dollar olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat 10:52 / 17.10.2024 2010

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Mirobod tumanida fuqaro J.K. fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 3 ming dollar evaziga Samarqand viloyatidagi tijorat banki filialidan 100 ming dollar miqdorida kredit olib berishini aytib, shundan 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, Jizzax viloyatida fuqaro E.Sh. fuqaro F.B.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent viloyatidagi tijorat banki filialidan 100 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishi evaziga 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: