Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Otabek Tursunov Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Otabek Tursunov Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
O.Tursunov 1984 yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2007 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini Andijon shahar «Sanoat qurilish temp» MChJ ta’minotchisi vazifasidan boshlagan. Faoliyati davomida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Viloyat hokimi raisligida o‘tgan navbatdagi faollar yig‘ilishida Otabek Tursunov yangi rahbar sifatida tanishtirildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
U bu lavozimda 2024 yil mayidan buyon ishlab kelgan va 15 oktyabr kuni prezident raisligidagi yig‘ilishda ishdan olingan Erkin Muhiddinov o‘rnini egallagan.
Mavzuga oid

10:06 / 15.03.2025
Yangiyo‘lda ikki fuqaro 52 ta kaptarni nobud qildi

17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi

18:41 / 22.02.2025
Toshkent viloyatida yirik miqdordagi firibgarlikni sodir qilgan shaxs qamaldi

11:42 / 21.02.2025