Diplomatik tadqiqotlar instituti tomonidan ingliz va arab tillarida taqdim etilgan kitoblar zamonaviy diplomatiya, siyosat, iqtisod, falsafa, Yaqin Sharqdagi jarayonlar, mintaqadagi davlatlar tarixi va ko‘p yillik muammolarni hal qilish istiqbollari kabi mavzularni qamrab olgan.
Shuningdek, musulmon olamidagi eng qadimiy va eng nufuzli oliygohlardan hisoblangan "Al-Azhar ash-Sharif" diniy majmuasi esa "Al-Azhar" universitetida talabalarga o‘qitiladigan qimmatli adabiyotlar, muqaddas Islom dini va ma’naviyatga chorlovchi qo‘llanmalarni taqdim etdi.
Mazkur jamlanma holidagi kitoblar Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Sharm-al-Shayx – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovi orqali mamlakatga yetkazildi.
Ushbu kitoblar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, uning huzuridagi Diplomatik akademiya va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga taqdim etish rejalashtirilgan.