Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni joriy yilning 23 oktyabriga qadar davom etadi.
Germaniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun qulaylik yaratish maqsadida 17, 19 va 20 oktyabr kunlari Bavariya va Baden-Vyurtemberg federal yerlari kabi yurtdoshlar zich joylashgan hududlarda sayyor ovoz berish nuqtalari tashkil etiladi.
Saylovlar milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilmoqda. Saylovoldi tashviqoti davomida Germaniyada istiqomat qilayotgan barcha saylovchilarga siyosiy partiyalarning dasturlari haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.