Namanganda mashina «bagaji» ustida o‘tirib harakatlangan yigit vafot etdi

Jamiyat 07:41 / 15.10.2024 21312

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida mashina yukxonasida o‘tirib harakatlangan 21 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 2 oktyabr kuni soat 16:00 larda tumanning Bog‘ibaland ko‘chasidagi ichki yo‘llardan birida sodir bo‘lgan. 21 yoshli yigit “VAZ-2107” avtomashinasi yukxonasi ustiga do‘stini o‘tqazib olib, turli manyovrlar qilib harakatlangan.

Yukxonadagi yigit (2003 yilda tug‘ilgan) yerga yiqilib, turli tan jarohatlari olgan. U shifoxonaga yotqizilib, tibbiy muolajalar ko‘rsatilganiga qaramay, 12 oktyabr kuni vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: