Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil G‘azo sektori shimolidagi harbiy harakatlarini davom ettirmoqda
Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Isroil qo‘shini G‘azoning shimoliy qismi bo‘ylab ilgarilagan va G‘azo shahrining shimoliy chekkalariga yetib kelgan tanklar Shayx Radvan kvartalini o‘qqa tutgan. Ko‘plab oilalar yana o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Foto: Reuters
Reuters xabariga ko‘ra, isroillik harbiylar amalda anklav shimolidagi Bayt-Xanun, Jabaliya va Bayt-Lahiyani G‘azo shahridan ihotalagan, hududlar orasidagi qatnovlar to‘xtatilgan. Faqat Isroilning evakuatsiya bo‘yicha buyrug‘iga bo‘ysunib, ushbu shaharlarni tark etishga tayyor bo‘lganlarga istisno qilinadi.
Isroil G‘azo shimolida keng ko‘lamli amaliyotni qaytadan boshlaganidan to‘qqiz kun o‘tib, G‘azo hukumati matbuot xizmati Isroil zarbalaridan 300 ga yaqin falastinlik halok bo‘lganini ma’lum qildi. Hamas Isroil fuqarolik obektlari va boshpanalarni aholini G‘azoni butunlay tark etishga majbur qilish maqsadida bombardimon qilayotganini aytadi. Isroil esa buni rad etadi.
G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, anklavning shimoliy hududlari bo‘ylab zarbalar oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘lgan, shuningdek, shifoxonaga olib ketish chog‘ida va tibbiyot xodimlari yetib bora olmagani tufayli xarobalar ostida ham ko‘plab yaradorlar jon bergan.
G‘azoning 2,3 milliondan ortiq aholisining yarmidan ortig‘i yashaydigan shimoliy qismi Isroilning bir yil oldin boshlangan yurishi natijasida amalda xarobaga aylangandi.
Isroilning 42 ming falastinlik o‘limiga olib kelgan amaliyotining bir yilidan keyin yuz minglab kishilar shimolga qaytishgandi. Bir hafta muqaddam Isroil Hamas jangchilarini yo‘q qilish uchun yana mazkur hududga qo‘shin yubordi, isroilliklar fikricha, falastinliklar yangi hujumlar uchun qayta guruhlangan. Hamas o‘z a’zolari tinch aholi vakillari orasida harakatlanayotganini rad etadi.
G‘azo shimolidagi eskalatsiya TsAHAL Livan janubida «Hizbolloh»ga qarshi boshlagan keng ko‘lamli havo va quruqlik amaliyotlari bilan bir vaqtda yuzaga keldi.
Isroilning G‘azodagi amaliyotining asosiy yo‘nalishi anklavning shimoliy qismiga qaratilgan bo‘lsa-da, isroillik harbiylar sektorning boshqa hududlari bo‘ylab ham zarbalar bermoqda. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, yakshanba kuni tongida isroilliklar zarbasi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan, shundan olti nafari G‘azo shahridan janubda, sektor markaziy qismidagi «Bureyj» qochqinlar lageriga yo‘llangan zarba oqibatida.
Isroillik harbiylar yakshanba kuni G‘azo sektori bo‘ylab harakatlanayotgan kuchlari so‘nggi 24 soat mobaynida 40 ga yaqin nishonga zarba yo‘llab, o‘nlab jangarilarni o‘ldirgani haqida bayonot bergan.
«162-diviziya kuchlari Jabaliya hududida harakatlanishda davom etmoqda, so‘nggi bir kun davomida o‘nlab terrorchilar o‘ldirildi va hududda portlovchi qurilmalar, qurollar, granatalar va boshqa urush olib borish vositalari topildi», — deyilgan TsAHAL bayonotida.
Hamasning qurollangan bo‘linmalari, «Islom jihodi» va boshqa kichik guruhlar o‘z jangchilari Jabaliyada va atrofdagi hududlarda Isroil qo‘shinlariga tanklarga qarshi raketalar hamda minomyot zarbalari bilan hujumlar uyushtirgani haqida xabar qilgan.
Falastinlik mulozimlar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari G‘azoda xavfsiz joy qolmaganini aytib kelishadi. Ular shuningdek G‘azo shimolida oziq-ovqat, yonilg‘i hamda dori-darmonlarning o‘tkir taqchilligi boshlanishi, bu yerda ochlik xavfi mavjudligidan xavotir bildirishadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

07:36 / 25.07.2025
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda

00:46 / 25.07.2025
AQSh Isroil–Hamas muzokaralaridan chiqdi

20:17 / 24.07.2025
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi

22:44 / 23.07.2025