Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ilhom Sobirov tayinlandi.
Ilhom Sobirov 1974 yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003 yilda Guliston davlat universitetini, 2006 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida “O‘zpaxtasanoat” AJda bosh texnik, mutaxassis, bosh muhandis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasida shu’ba mudiri kabi lavozimlarda ishlagan.
Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar “O‘zcharmsanoat” uyushmasi standartlar va innovatsiyalarni joriy qilish hamda grantlarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
U yangi lavozimida Botirjon Hamroyev o‘rnini egalladi, u 2019 yildan buyon viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgandi.