Raqobat qo‘mitasi telekommunikatsiya xizmatlari operatorlarini ogohlantirdi

O‘zbekiston 08:01 / 09.10.2024 3599

Raqobat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, murojaatlarda asosan aloqa sifatining qoniqarsizligi, hisob-kitoblarning noto‘g‘ri yuritilishi va ortiqcha qarzdorlik hisoblanishi, abonent roziligisiz qo‘shimcha xizmatlarga hamda reklama maqsadidagi SMS xabarlar yuborilayotganligi aniqlangan. 

Shu jumladan, pulli kontent xizmatlarga ulab qo‘yilganligi, qo‘shimcha moliyaviy va savdo xizmatlari ko‘rsatishda shartnoma shartlarini va tovar yetkazib berish muddatlarini buzilishi, xizmat narxlarining va tarif shartlarining o‘zgarganligi (oshishi) kabi muammolar bildirilgan.

Ta’kidlanishicha, qo‘mita iste’molchilarning huquqlarini ta’minlash va qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’yektlar, shu jumladan, mobil aloqa operatorlarini ogohlantirgan holda qonunchilikda belgilangan majburiyatlari va iste’molchilar huquqlarini eslatib o‘tgan.

O‘z navbatida, mobil aloqa operatorlari va kontent xizmatlarni taqdim etuvchi sub’yektlarning o‘zaro kelishib olingan harakatlari natijasida iste’molchilar huquqlarining buzilishi – ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilish deb e’tirof etilishi va moliyaviy jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagilarga asosan, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’yektlarni, shu jumladan mobil aloqa operatorlari va kontent xizmatlarni taqdim etuvchi sub’yektlarni amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etgan holda faoliyat olib borish yuzasidan qat’iy ogohlantirgan.

Ko‘proq yangiliklar: